“Arsenal”dan gʻalaba, “Real Madrid”dan magʻlubiyat
Kecha, 7-aprel kuni futbol boʻyicha Yevropa chempionlar ligasi musobaqasining chorak final oʻyinlari start oldi. Kun doirasida muxlislar 2 ta qiziqarli bahsga guvoh boʻldi.
Dastlabki oʻyinda “Real Madrid” jamoasi oʻz maydonida “Bavariya”ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv hisobi 35-daqiqada Luis Dias tomonidan ochildi. Birinchi boʻlim shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning dastlabki daqiqalarida Harri Keyn hisobni 0:2 koʻrinishiga keltirdi. Oʻyin yakuniga yaqin Kilian Mbappe hisobni qisqartirdi. Shu tariqa “Bavariya” muhim bahsda gʻalaba qozondi.
APL grandi “Arsenal”ga qurʼa nisbatan kuchsizroq raqibni taqdim etgan edi. Ammo oʻsha “Sporting” “toʻpchilar”ga jiddiy muammolar tugʻdirdi.
Shunga qaramay, Mikel Arteta shogirdlari bahsni gʻalaba bilan yakunlashdi. 90+1-daqiqada zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Kay Xavers yagona golni kiritib, “Arsenal”ga gʻalaba keltirdi.
Изоҳлар
Ҳозирча ҳеч ким фикр билдирмаган. Балки Сиз биринчилардан бўларсиз?
Изоҳ қолдириш учун тизимга киринг