Sirdaryoda qovun eksporti hajmi yildan yilga oʻsib bormoqda. Masalan, 2023-yilda jami 7 ming 275 tonna poliz mahsulotlari chetga eksport qilingan boʻlsa, bu koʻrsatkich joriy yilning 9 oyi davomida 13 ming 207 tonnani tashkil etadi.
14:23 14.10.2024Joriy yilning 20-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalarida “Ilgʻor muhandislik maktablari” tashkil etish boʻyicha vazifalar berilgan edi.
14:07 14.10.2024Oʻzbekiston Respublikasining shu yil 30-sentyabr kuni qabul qilingan “Kreativ iqtisodiyot toʻgʻrisida”gi Qonuni targʻibotiga bagʻishlangan tadbir Jalaquduq tumanida oʻtkazildi.
14:00 14.10.2024Davlat rahbari xonadonlardagi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, tadbirkorlarning kambagʻal oila vakillarini ishga olishini ragʻbatlantirish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berdi.
13:57 14.10.2024Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev Vengriya Davlat kotibining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Laslo Bodish boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
13:55 14.10.2024SamDUda Yangi Oʻzbekiston universiteti bilan hamkorlikda italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi, koinotning sirli oynasi — qora tuynuklarning ilk tasvirlari muallifi, Germaniyaning Gyote universiteti nazariy fizika kafedrasi mudiri Lusiano Rezzollaning ochiq maʼruzasi tashkil etildi.
13:00 14.10.2024Xoʻjaobod tumanida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tufayli elektr energiyasi va unga sarflanadigan mablagʻni iqtisod qilishga erishilmoqda.
12:24 14.10.2024Adliya vazirligi dori vositalari noqonuniy davlat roʻyxatiga olingani sababli Sogʻliqni saqlash vazirligini ogohlantirdi.
08:07 14.10.202415-oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida Oʻzbekiston va BAA terma jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi.
20:02 13.10.2024Soʻnggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar oʻrtasida oʻzini maʼlum bir hayvon qiyofasida aks ettiruvchi aksessuarlardan foydalangan holda oʻsha jonzotning xatti-harakatlariga taqlid qilish koʻrinishidagi kvadroberlik submadaniyati namoyon boʻlmoqda.
19:30 13.10.2024Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) hamda Global ekologik jamgʻarma (GEF) tomonidan amalga oshirilgan “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurgʻoqchil va shoʻrlangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” (CACILM-2) mintaqaviy loyihasi muvaffaqiyatli yakunlandi.
18:41 13.10.2024