Shavkat Mirziyoyev: "Xalqimiz ishonchi avvalgidan ikki-uch karra ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan ishlashni talab etadi"

Prezident xalqimizning yuksak ishonchi barchamizdan – deputat va senatorlar, vazir va hokimlar, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlaridan, har bir yurtdoshimizdan belimizni yanada mahkam bog‘lab, avvalgidan ikki-uch karra ko‘proq g‘ayrat va shijoat bilan ishlashni talab etishini ta’kidladi.

13:40 14.07.2023
«O‘zbekiston temiryo‘llari»ga yangi rahbar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi tegishli qaroriga muvofiq Zufar Narzullayev «O‘zbekiston temiryo‘llari» boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

13:24 14.07.2023
"Qonunlarni, odamlarni mensimaydigan, ularga qo‘pol munosabatda bo‘ladigan, byurokratiya va korrupsiya balosiga berilgan  har qanday rahbar bilan – u vazir yoki hokim, boshqa amaldor bo‘ladimi – bunday kishilar bilan uzil-kesil xayrlashamiz" — Shavkat Mirziyoyev.

"Odamlar endi bizdan yangi amaliy ishlarni kutyapti. Millionlab insonlar – ota-onalarimiz, opa-singillarimiz, o‘g‘il-qizlarimiz bugun bizga umid va ishonch bilan ko‘z tikib    turibdi. Ana shunday umid va ishonchni oqlash, erishgan yutuqlarimizni yangi natijalar bilan mustahkamlash bizning nafaqat vazifamiz, balki insoniy burchimizga...

13:04 14.07.2023
Shavkat Mirziyoyev saylov jarayonlari ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishim munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llagan mamlakatimizning barcha fuqarolariga, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, siyosat va jamoat arboblariga chuqur ehtiromimni bildiraman", - dedi davlat rahbari.

12:54 14.07.2023
"Biz turli g‘oya va qarashlar tarafdori bo‘lishimiz mumkin. Ammo barchamizning maqsadimiz bir". Shavkat Mirziyoyev saylovdagi raqobatchilariga minnatdorlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev uning nomzodini ilgari surgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining a’zolari va faollariga, u bilan hamfikr bo‘lib, nomzodini qo‘llab-quvvatlagan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillariga, barcha tarafdorlari hamda ishonchli vakillariga tashakkur aytdi.

12:49 14.07.2023
Shavkat Mirziyoyev: "Vatanimiz mustaqilligi, 36 milliondan ziyod aziz xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni yurak-yuragimdan his etib turibman".

Mana shunday yuksak ishonch uchun, hurmat va e’tibor uchun ko‘pmillatli, mard va donishmand xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta’zim qilaman", – dedi Prezidentimiz.

12:44 14.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Prezident saylovi yangilangan Konstitusiyamiz asosida o‘tkazilgani unga chinakam xalqchil ruh va mazmun bag‘ishlaganini ta’kidladi.

Bu, o‘z navbatida, barchamizni birlashtirib, o‘z kuch va imkoniyatimizga bo‘lgan ishonchimiz, xalqimiz, Vatanimiz oldidagi mas’uliyatimizni yanada oshirishi tabiiy, albatta", – dedi Prezident.

12:39 14.07.2023
Shavkat Mirziyoyev tantanali qasamyod qilib, o‘z lavozimiga kirishdi

Ayni paytda davlatimiz rahbari nutq so‘zlamoqda.

12:30 14.07.2023
Iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha 3-bosqichdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro H.B. fuqaro M.G.ning farzandiga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetning 2-bosqichini tugatganligi haqida hujjat tayyorlab berish orqali Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiyot yoʻnalishidagi Oliy taʼlim muassasalaridan...

12:10 14.07.2023
Xodim ishdan boʻshash haqidagi arizasini pochta orqali yuborishi mumkin

Xodim ish beruvchini 14 kun oldin yozma ogohlantirib oʻz tashabbusi bilan ishdan boʻshashga haqli. Yaʼni, arizani kamida 14 kun oldin yozish kerak.

11:46 14.07.2023
Ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Koson tuman pedagogika kolleji sobiq bosh hisobchisi Z.S. fuqaro N.R.ga pedagogik kollejini tugatganligi haqida diplom olib berishi va uning singlisi R.X.ni bankka ishga joylashtirib qoʻyish...

11:41 14.07.2023
Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlari startiga roppa-rosa 100 kun qoldi

Qitʼamizning eng nufuzli kompleks musobaqasi joriy yilning 22-oktyabridan 28-oktyabriga qadar Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtadi.

11:08 14.07.2023
Suv sporti: Yaponiyada jahon chempionati start oldi

Oʻzbekiston terma jamoasining ushbu musobaqadagi ishtirokini sinxron suzuvchilarimiz boshlab berishadi.

10:45 14.07.2023
“Hukumat soati”: deputatlarning savollariga qishloq xoʻjaligi vaziri javob berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida navbatdagi “Hukumat soati” boʻlib oʻtdi. Unda deputatlar qishloq xoʻjaligini rivojlantirish, yer maydonlarini foydalanishga kiritish, agrar sohada aholi bandligini taʼminlash hamda qulay agrobiznes muhitini yaratishga qaratilgan — “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida...

10:37 14.07.2023
Favvoralarda choʻmilish salomatlik uchun xavfli — mutaxassis

Jazirama zabtiga olgan shu kunlarda choʻmilish havzalari juda gavjum. Hatto shaharu tuman markazlarida yon-atrofga salqinlik taratib turgan baʼzi favvoralar hovuzlarida ham bolajonlarni uchratyapmiz.

10:30 14.07.2023
Hayvonot bogʻlarida qancha mavjudot bor?

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, hayvonot bogʻlarida jami 18 652 turdagi hayvonot dunyosi namunalari va nusxalari mavjud.

10:22 14.07.2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер