Yuqori Chirchiqda “Lada” va “Damas” toʻqnashdi

Hodisa oqibatida transport vositalaridan birida boʻlgan yoʻlovchi tan jarohati olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotkizilgan.

21:35 13.02.2026
Toshkentda 3 mlrd soʻmlik noqonuniy dori sotgan ota-bola ushlandi

Hozirda dori vositalari namunalari ekspertizadan oʻtkazish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

21:16 13.02.2026
Sadir Japarov: “Bu tezkor qaror bilan doʻstimni asradim”

Doʻstlik saqlanadimi, degan savolga Japarov munosabatlar lavozimlarga bogʻliq emasligini, ular oʻzgarmasligini aytgan.

21:14 13.02.2026
Qoʻmita majlisida tibbiyot hamda farmatsevtika sohasini huquqiy jihatdan takomillashtirishga oid qonunlar muhokama qilindi

Joriy yilning 13-fevral kuni boʻlib oʻtgan Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi majlisida bir qator muhim masalalar koʻrib chiqildi.

20:53 13.02.2026
Yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha vazifalar belgilab olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

18:48 13.02.2026
Takror aytaman: ichki bozordagi talabni oʻzi bilan yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlab boʻlmaydi — Prezident

Davlatimiz rahbari bu yil vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlarning asosiy vazifasi yangi mahsulotlar bilan yangi bozorlarga kirib borish boʻlishini taʼkidladi.

16:41 13.02.2026
Importdan arzonroq mahalliy mahsulot yaratgan davlat korxonalari muhandislariga mukofot beriladi

Mahalliy mahsulotlarni koʻpaytirish uchun tashkil qilinadigan alohida jamgʻarma hisobidan mahalliylashtirish loyihalariga 10-yilgacha xorijiy valyutada 6 foizli, milliy valyutada 12 foiz kredit ajratiladi. Tadbirkorlarga ilgʻor texnologiyalar transferi uchun 1 million dollargacha, sanoat startaplari uchun 1 milliard soʻmgacha kompensatsiya beradi.

16:31 13.02.2026
Oʻtgan yili xorijiy tashriflar doirasida 135 mlrd dollarlik kelishuvlarga erishildi

Bundan tashqari shu yilning oʻzida Turkiya bilan 9 milliard, Pokiston bilan 1 milliard 428 million dollarlik investitsiya bitimlari imzolandi.

16:22 13.02.2026
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yigʻilish boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash boʻyicha asosiy vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

14:46 13.02.2026
“Yosh tadbirkorlar” chempionati oʻtkaziladi

Bu haqda Prezidentning “Startaplarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (PQ–59-son, 11.02.2026-y.) qarorida keltirilgan.

13:25 13.02.2026
Prezident Ohangarondagi mikroprotsessor modullarini ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi

Mazkur korxonada identifikatsiya uchun moʻljallangan mikroprotsessor modullari, sim-kartalar, shuningdek, transport, ijtimoiy va xalqaro toʻlov kartalarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

13:24 13.02.2026
Davlat boshqaruvida adolat simfoniyasi

XIV-XV asrlar chorrahasida, Oʻrta Osiyoning markazida Temuriylar davri yulduzlar turkumi kabi charaqlab, Sharqni “Ikkinchi Renessans davri”ning yorqin nuri bilan yoritdi. Ushbu hodisa nafaqat sanʼat va ilm-fanning gullab-yashnashi, hayratlanarli meʼmorchilik durdonalari va nafis sheʼriyat davri emas, balki mustahkam huquq poydevoriga asoslangan...

12:42 13.02.2026
Gulistonning sharq-u gʻarbini bogʻlaydigan piyodalar tonneli quriladi

Guliston shahrining aholi tilida “Mahalla” deb yuritiladigan qismi shahar markazi bilan ikki avtomobil koʻprigi va bir piyodalar koʻprigi orqali bogʻlangan.

11:11 13.02.2026
Oʻzbekistonda “Eng innovatsion gʻoya” respublika tanlovi oʻtkaziladi

Tanlov davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻtkaziladi va gʻoliblarga 100 mln soʻm grant beriladi.

11:05 13.02.2026
Qoʻshtepa tumanida “IT Park” markazi ishga tushirildi

Qoʻshtepa tumanida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim loyiha — “IT Park” markazi oʻz faoliyatini boshladi.

10:28 13.02.2026

Yangiliklar taqvimi

Кластер