Oʻzbekistonda soʻnggi yarim yilda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari 2 barobarga koʻpaydi

2025-yilning birinchi yarmida Oʻzbekistonda ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning 48 mingdan ortiq holati aniqlandi.

12:51 13.08.2025
Oʻzbekistonda iyul oyida yangi avtomobil sotuvlari rekord darajada oshdi

Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) xulosasida maʼlum qilindi.

12:43 13.08.2025
Soliq qoʻmitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib oldi

Qoʻmita buni elektron soliq xizmatlari tizimida kuzatilgan texnik nosozlik bilan izohladi.

12:39 13.08.2025
Putin shimoliy koreyalik harbiylarning Kurskdagi “qahramonliklarini” olqishladi — Pxenyan

Koreya markaziy axborot agentligiga koʻra, Putin shimoliy koreyalik harbiylar koʻrsatgan qoʻllab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirgan.

12:34 13.08.2025
Toshkentda inson ongiga kuchli taʼsir qiluvchi dorilar savdosining oldi olindi

Tezkor tadbirlarda 50 dona “Omnadren 250”, 5 quti “Fit 90” kabi tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud dorilar ashyoviy dalil sifatida olindi.

12:02 13.08.2025
Toshkent viloyatida futbol stadioni qurish uchun daraxtlar kesib tashlandi

Kesish ishlari Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish boʻlimi masʼullari ishtirokida amalga oshirilgan.

11:46 13.08.2025
Fargʻonada qalbaki 120 ming dollarni saqlayotgan shaxs ushlandi

Hozirda ushbu qalbaki pullarini unga yetkazib bergan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

11:05 13.08.2025
Donnarumma Husanovning jamoadoshiga aylanishi mumkin

Futbolchining transferi 30 million yevroga baholamoqda.

10:38 13.08.2025
Samarqandda qurilish, uy-joy va suv taʼminotidagi qonunbuzilishlar bartaraf etildi

2025-yilning birinchi yarmida Samarqand viloyatida qurilish, koʻp kvartirali uy-joy fondi va suv taʼminoti sohalarida keng qamrovli tekshiruvlar oʻtkazildi.

09:15 13.08.2025
Bolalikning soʻnggi kunlari

13-avgust — Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavallud topgan kun

08:24 13.08.2025
13-avgust kuni uchun ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

21:18 12.08.2025
Kafolat berish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilandi

Yangi nizomga koʻra, tashkilot aktivlarni sifatiga koʻra tasniflaydi va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar yaratadi.

21:13 12.08.2025
Navoiydagi 2 ta osma dor yoʻlining faoliyati taqiqlandi

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining oʻrganish ishlari davomida dor yoʻlidan foydalanib kelayotgan tadbirkorlarga mavjud kamchiliklar boʻyicha koʻrsatma berilgan holda, tegishli ruxsatnoma olmasdan turib dor yoʻlidan foydalanmaslik boʻyicha qatʼiy taqiq qoʻyildi.

21:02 12.08.2025
“Xalq banki”ning Namangan filialida firibgarlik sodir boʻldi

Bankning mintaqaviy markazi yollanma xodimi 9,5 mlrd soʻm miqdordagi mablagʻlarni oʻzlashtirib olgan.

20:58 12.08.2025
Oʻzbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz boʻldi

Vakillarimiz Tailand mezbonligida oʻtgan musobaqaga 38 nafar bokschi bilan borib, jami 31 ta medal bilan ortga qaytdi.

20:32 12.08.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер