Oʻzbekistonning Monakodagi birinchi elchisi tayinlandi

Nodir Gʻaniyev Monako Knyazi Albert II ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

10:42 09.10.2025
Turkiyada ogʻir vaziyatda qolgan 13 yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi

Yaqin kunlarda ushbu mamlakatda ota-ona qaramogʻisiz qolgan yana 30 nafardan ortiq oʻzbekistonlik bola vatanga qaytarilishi kutilmoqda.

10:29 09.10.2025
Surxondaryoda “Labo” va “Cobalt” toʻqnashdi, 6 kishi jarohatlangan

Hozirda holat yuzasidan Bandixon tuman IIB tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

10:09 09.10.2025
Toshkent va Surxondaryoda advokatlar pora olayotganda ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

09:48 09.10.2025
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha yangi yondashuvlar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

20:59 08.10.2025
Tojikistonda bir yilda 34 ofitser xizmatdan qochgan — ombudsman hisoboti

Mamlakatda harbiy xizmatdan boʻyin tovlaganlik holati yuzasidan 107 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 30 yigit sudlangan.

20:41 08.10.2025
Oʻzbekistonda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi

Sogʻliqni saqlash vaziri mazkur operatsiyada ishtirok etgan bir guruh mutaxassislarni “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi.

20:14 08.10.2025
Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashga oid navbatdagi davlat granti tanlovi eʼlon qilindi

2025-yil 8-oktyabr kuni Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

19:42 08.10.2025
Senatda Oʻzbekistonning Yaqin Sharq davlatlaridagi elchilarning hisobotlari eshitildi

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.

19:40 08.10.2025
“Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Senatda “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

19:38 08.10.2025
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda mamlakatimizda chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish, bu borada mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar koʻrib chiqildi.

19:26 08.10.2025
Senat Raisi Betaraflik doʻstlari guruhiga aʼzo mamlakatlar parlamentlari rahbarlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Betaraflik doʻstlari guruhiga aʼzo mamlakatlar parlamentlari rahbarlarining ikkinchi uchrashuvida ishtirok etdi.

19:19 08.10.2025
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

19:14 08.10.2025
Rossiyadagi qurilishda 22 yoshli oʻzbekistonlik yigit halok boʻldi

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

18:32 08.10.2025
Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi. Shuningdek, uning internetdagi sahifalari bloklanadigan boʻldi.

18:12 08.10.2025
“Aqcha” obod maskanga aylanadi

Yurtimizda obod mahallalar soni tobora ortib bormoqda. Buni Jalaquduq tumanidagi “Aqcha” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari misolida ham koʻrish mumkin.

17:51 08.10.2025
Tejamkor “aqlli” issiqxona

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida aqlli texnologiyalar kirib kelmoqda. Mamlakatimizda tomchilatib sugʻorish, avtomatlashtirilgan harorat va namlik nazorati, yuqori hosildor navlardan foydalanish orqali hosildorlikni bir necha barobar oshirishga allaqachon erishilgan.

16:56 08.10.2025
Noqonuniy oltin qaziyotgan 37 nafar shaxs qoʻlga olindi

Ular mazkur noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan.

16:54 08.10.2025
Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi tarixiy rekord darajaga yetdi

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari qarib 55 milliard dollarni tashkil qilgan.

16:41 08.10.2025
SamDUda “Axborot texnologiyalari va nanotexnologiyalar” mavzusida xalqaro anjuman boshlandi

Unda muhandislik fanlari, materialshunoslik, nanotexnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid masalalarda fikrlashiladi.

16:12 08.10.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер