Biologiya, fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari qachon oʻtkazilishi aytildi

Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.

14:57 25.11.2025
Fargʻonada hokim oʻrinbosari Prezident siyosatiga qarshimi?

Buvayda tumani hokimi oʻrinbosari daraxt kesilishiga yoʻl qoʻymagan Ekologiya qoʻmitasi inspektoriga kuch ishlatib, IIBga olib ketdi.

14:56 25.11.2025
Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari mamlakatda NATO qoʻshinlarining mavjudligini oʻz ichiga olishi kerak — “The Wall Street Journal”

AQSHning hozirgi rejasi NATO bayrogʻi ostida faoliyat yuritayotgan qoʻshinlarning Ukrainada boʻlishini taqiqlaydi.

14:53 25.11.2025
Atmosferaga zarar yetkazayotgan 18 ta obyekt faoliyati vaqtincha toʻxtatildi

Ekologik nazorat tadbirlari Toshkent viloyatining Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlari, shuningdek, Toshkent shahrida amalga oshirilgan.

14:39 25.11.2025
Prezident Mahdumi Aʼzam majmuasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Alloma mangu qoʻnim topgan ziyoratgohda loyiha doirasida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

14:19 25.11.2025
Guliston shahri hokimi oʻzgardi

Farrux Oʻktamjonov nomzodi Guliston shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

14:14 25.11.2025
Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifini taomilga koʻra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.

13:46 25.11.2025
Bloomberg: AQSHning Ukraina boʻyicha tinchlik rejasidan Rossiyaning muzlatilgan aktivlari haqidagi band olib tashlandi

Mazkur bandning chiqarib tashlanishi Yevropa rasmiylari orasida optimizm uygʻotgan.

12:18 25.11.2025
Turkiyada Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markazi taqdimoti boʻlib oʻtdi

Taqdimot Istanbul shahrida Turkiya Milliy saroylar boshqarmasining 100 yilligiga bagʻishlangan xalqaro simpozium doirasida oʻtkazildi.

12:08 25.11.2025
Oʻzbekistonga 10 oyda 9,7 million nafar turist keldi

Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50 foizga oshgan.

12:01 25.11.2025
Toshkentning toʻrt yoʻnalishida kamida 3 tadan sunʼiy koʻl barpo etiladi

Suv resurslaridan samarali foydalanish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida poytaxtning sharq, gʻarb, shimol va janub yoʻnalishlarida yangi sunʼiy suv hududlari tashkil etilishi belgilangan.

11:28 25.11.2025
Shomurodov gol urgan oʻyinda “Bashakshehir” magʻlubiyatga uchradi

Ushbu magʻlubiyatdan soʻng Istanbul klubi turnir jadvalida 13-oʻringa tushib ketdi.

11:27 25.11.2025
Qirgʻiziston sobiq prezidentining oʻgʻli ommaviy tartibsizliklar tayyorlashda ayblanib hibsga olindi

U bilan birga bir qator siyosatchilar ham qoʻlga olingan.

11:18 25.11.2025
Raqobat qoʻmitasi narxlarni milliy valyutada koʻrsatmagan axborot resurslariga chora koʻrdi

Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) reklamalarida narxlarni xorijiy valyutalarda koʻrsatish keng tarqalayotganligi kuzatilmoqda.

11:06 25.11.2025
Havo tozalagichlar bojxona bojidan ozod etiladi

Prezident farmoni bilan tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan maishiy havo tozalash uskunalari Oʻzbekiston hududiga olib kirilganda bojxona bojidan ozod etiladi.

11:02 25.11.2025
Toshkentning havo monitoringi tizimi kengaytiriladi va yangi laboratoriyalar tashkil etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrdagi PF–229-son “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.

10:56 25.11.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер