Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan “Yoshlarning oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻqish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

15:10 09.10.2025
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlari rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminar oʻz ishini boshladi

Mazkur oʻquv-amaliy seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining matbuot xizmatlari rahbarlari, shuningdek, soha boʻyicha mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etmoqda.

14:58 09.10.2025
Elektr toki yordamida baliq ovlaganlar tabiatga 100 million soʻmdan ortiq zarar yetkazdi

Ushbu shaxslar 17 dona zogʻora va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan 1 dona Turkiston moʻylovdorini ovlagani aniqlangan.

12:32 09.10.2025
“Yurtingizning ohanrabosi bor”

Shu kunlarda koʻhna Buxoroning tarixiy goʻshalari – savdo rastalari-yu, karvonsaroylar, masjidu madrasalar, soʻlim Labihovuz, mahobatli Ark qalʼasi, fayzli Sitorai Mohi Xossa, muqaddas qadamjolar sayyohlaru ziyoratchilar bilan gavjum.

12:25 09.10.2025
Qoʻshimcha qiymat – moʻmay daromad

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan paxtachilik sohasida beqiyos oʻzgarishlar yuz berdi. Klasterlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi, paxtani xom ashyo tarzda emas, chuqur qayta ishlagan holda xorijga eksport qilish tizimi vujudga keldi.

12:05 09.10.2025
Aviatsiya hodisalarini Oʻzbekistonda tekshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

“Fuqaro havo kemalari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalarini Oʻzbekiston Respublikasida tekshirish qoidalariga aviatsiya hodisalarini tekshirish jarayonini fuqaro aviatsiyasi xalqaro standartlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” Hukumat qarori qabul qilindi.

11:53 09.10.2025
Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi

“Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish va sanoat korxonalarini eksportga jalb qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

11:36 09.10.2025
Iqtisodiy yetishmovchilik ham xastaliklarga yoʻl ochadi

Salomatlik boʻlmasa, insonga hech narsa tatimaydi. Baxtga qarshi dard koʻpincha qoʻqqisdan kelib, bemorning hamyon va ijtimoiy ahvoli bilan hisoblashmaydi. Koʻziga dunyo tor koʻringan kishi esa birgina malhamga bor bisotini alishishga tayyor. Qoʻli kaltalar-chi?

10:45 09.10.2025
Oʻzbekistonda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi

Sogʻliqni saqlash vaziri mazkur operatsiyada ishtirok etgan bir guruh mutaxassislarni “Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirladi.

20:14 08.10.2025
Senatda Oʻzbekistonning Yaqin Sharq davlatlaridagi elchilarning hisobotlari eshitildi

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.

19:40 08.10.2025
“Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish masalalari muhokama qilindi

Senatda “Gender tenglik faoli” milliy koʻrik-tanlovini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha Respublika komissiyasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

19:38 08.10.2025
Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi

Taqdimotda mamlakatimizda chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish, bu borada mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan takliflar koʻrib chiqildi.

19:26 08.10.2025
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Tojikistonda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10-oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

19:14 08.10.2025
Tejamkor “aqlli” issiqxona

Bugungi kunda qishloq xoʻjaligida aqlli texnologiyalar kirib kelmoqda. Mamlakatimizda tomchilatib sugʻorish, avtomatlashtirilgan harorat va namlik nazorati, yuqori hosildor navlardan foydalanish orqali hosildorlikni bir necha barobar oshirishga allaqachon erishilgan.

16:56 08.10.2025
Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari hajmi tarixiy rekord darajaga yetdi

Joriy yilning 1-oktyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari qarib 55 milliard dollarni tashkil qilgan.

16:41 08.10.2025
SamDUda “Axborot texnologiyalari va nanotexnologiyalar” mavzusida xalqaro anjuman boshlandi

Unda muhandislik fanlari, materialshunoslik, nanotexnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid masalalarda fikrlashiladi.

16:12 08.10.2025
Dollar kursi sezilarli darajada koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-oktyabr kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.

16:04 08.10.2025
Raqobat qoʻmitasi ayrim banklar aholi kredit kartalaridan asossiz foiz va komissiya yechib olayotgani yuzasidan Markaziy bankka soʻrov yubordi

Yuborilgan soʻrovda ayrim banklar tomonidan taqdim etilgan kredit kartalaridan naqd pul yechishga tenglashtirilib, ulardan foiz va komissiyalar undirilayotgani aholining haqli eʼtirozlariga sabab boʻlayotgani bildirilgan.

16:00 08.10.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер