Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
13:18 16.01.2024Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yilda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
13:16 16.01.2024Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi omillar koʻp. Ayniqsa, yolgʻon chaqiriqlar sababli aksariyat hollarda tibbiyot brigadalari chaqiriq manziliga oʻz vaqtida yetib bora olmaydi.
13:12 16.01.2024Hukumat qarori (24-son, 13.01.2024-y.) bilan Respublika davlat taʼlim muassasalarida dars oʻtish uchun foydalaniladigan oʻquv-uslubiy filmlarni ishlab chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
13:06 16.01.2024Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekani koʻrsatib oʻtildi.
13:05 16.01.2024Davlat tashkilotlari rahbarlari oʻzlariga asossiz ravishda mukofotlar va boshqa moddiy ragʻbatlantirish pullarini yozib kelayotgani bilan bogʻliq holatlar tekshiriladi va mablagʻlarning byudjetga qaytarilishi taʼminlanadi.
12:46 16.01.2024“Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 15.01.2024-y.) qabul qilindi.
12:31 16.01.2024Jumladan, sogʻliqni saqlashga kompyuter olish uchun ajratilgan 20 milliard soʻm 2-yildan beri ishlatilmasdan turibdi.
12:27 16.01.2024“Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–10-son, 15.01.2024-y.) qabul qilindi.
12:25 16.01.2024Халқимизнинг букилмас иродаси, маънавий-руҳий қудрати, ватанпарварлиги ҳамма замонларда муваффақиятларимиз, юрт тинчлиги ва тараққиётининг энг муҳим кафолати бўлган.
12:23 16.01.2024Savdo-sanoat palatasiga oʻz saytida reyting natijalarini onlayn eʼlon qilib, tadbirkorlar soʻrovlariga tezkor javob berib borish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
12:16 16.01.2024Departamentga eng zamonaviy axborot tizimlari, maxsus vositalar olib beriladi, iqtisodiy sohalar va chet tillarini mukammal biladigan, fidoyi va vatanparvar mutaxassislar tanlab olinadi.
12:08 16.01.2024Hozirda yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta organ tarqoq holda shugʻullanmoqda. Ularning faoliyatini muvofiqlashtiradigan yaxlit ish tizimi yoʻq.
11:55 16.01.2024Tahlillar xizmatlar, qurilish, sanoat sohalarida oʻnlab trillion soʻmlik mahsulot “soya”da qolayotganini koʻrsatmoqda.
11:45 16.01.2024