Orzularning oydin yoʻlidagi Urgut

Urgut azaldan koʻhna karvon yoʻlining dilbar maskani, mehnatkash odamlari, dehqonchiligi, savdosi va hunarmandchiligi bilan shuhrat topgan diyor. Ana shu tarixiy va mehnatsevar zaminga ilk bor yoʻlovchi poyezdi kirishi urgutliklar xotirasida uzoq yillar muhrlanib qoladigan voqeaga aylandi.

13:34 28.11.2025
Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan bepul tibbiy koʻriklar oʻtkazilmoqda

Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan viloyat boʻylab bepul tibbiy koʻriklar oʻtkazib borish yaxshi anʼanaga aylangan.

13:23 28.11.2025
Prezident: “Har bir qaror, har bir xizmat, har bir jarayon faqat inson manfaatiga xizmat qilishi zarur”

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida byurokratiyani bartaraf etish masalalariga bagʻishlangan xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

12:59 28.11.2025
Oʻzbekistonda byurokratiyani bartaraf etish boʻyicha alohida dastur tasdiqlandi

Dastur ijrosini muvofiqlashtirish uchun “Dastur ofisi” tashkil etiladi, barcha vazirlik va idoralarda uni amalga oshirish uchun masʼul xodimlar tayinlanadi.

12:46 28.11.2025
Shavkat Mirziyoyev Byurokratiyani bartaraf etish forumida muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Oʻzbekiston Prezidenti Xalqaro kongress markaziga tashrif buyurib, byurokratiyani bartaraf etish va sunʼiy intellektga bagʻishlangan xalqaro forumlar ochilishida ishtirok etmoqda.

12:32 28.11.2025
Yangiyerda yuqori texnologiyali laparoskopik amaliyotlar muvaffaqiyatli oʻtkazilmoqda

Shifokorlar tomonidan laparoskopik xoletsistektomiya — yaʼni oʻt pufagini kesmasdan, kichik teshiklar orqali olib tashlash usuli qoʻllanildi.

12:25 28.11.2025
Nurotaning Mushkan qishlogʻiga suv keldi

Nurota tumanining Mushkan qishlogʻi Oqtogʻning shundoq etagida joylashgan.

12:20 28.11.2025
“Real Madrid”dan kutilmagan burilish nuqtasi

Vinisius Junior emas Xabi Alonso jamoani tark etishi mumkin.

12:14 28.11.2025
Surxondaryoda 30 ming kub metrlik suv infratuzilmasi barpo etilmoqda

Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi taʼminotini tubdan yaxshilashga qaratilgan “Toʻpalang–Termiz” mega loyihasining ikkinchi bosqichi izchil davom etmoqda.

11:45 28.11.2025
Fargʻonada nogironligi boʻlgan hunarmandlar mahsulotlari yarmarkasi oʻtkazildi

Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning koʻrgazma-savdo yarmarkasi tashkil etildi.

11:38 28.11.2025
Vobkentda 90 bolaga moʻljallangan zamonaviy bogʻcha ishga tushdi

Kuzning soʻnggi kunlari Vobkent tumanidagi Shanba mahallasi aholisi uchun bahoriy kayfiyat olib keldi.

11:29 28.11.2025
Oʻzbekiston delegatsiyasining Kanadadagi samarali uchrashuvlari

2025-yil 25–27-noyabr kunlari Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Kanadaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

11:21 28.11.2025
Oʻzbekiston Prezidenti BAA Hukumat ishlari boʻyicha vazirini qabul qildi

Uchrashuvda Oʻzbekiston – BAA doʻstligi va strategik sherikligini yanada mustahkamlash, shuningdek, joriy yilning yanvar oyida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

11:20 28.11.2025
Senator talabalar bilan muloqot oʻtkazdi

Qarshi davlat texnika universitetida Oliy Majlis Senati aʼzosi Shuhrat Aslanovning talabalar bilan ochiq muloqoti tashkil etildi.

11:14 28.11.2025
Senatda sud hokimiyatining ochiqligi va mustaqilligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar yuzasidan tadbir boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 27-noyabr kuni Oliy Majlis Senatida sud hokimiyatining ochiqligi va chinakam mustaqilligini targʻib qilish maqsadida Ochiq eshiklar kuni oʻtkazildi.

11:13 28.11.2025
Oʻzbekiston- Litva oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlarning yigʻilishi oʻtkazildi

Joriy yilning 27 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi va Litva oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlarning birinchi yigʻilishi oʻtkazildi.

11:11 28.11.2025
Senat qoʻmitasi tomonidan aholini pestitsidlarning zararli taʼsiridan himoya qilishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi

Senatning Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi tomonidan aholini pestitsidlarning zararli taʼsiridan himoya qilishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

11:09 28.11.2025
Gonkongdagi yongʻinda halok boʻlganlar soni 94 nafarga yetdi

Yana 76 kishi, jumladan 11 nafar oʻt oʻchiruvchi jarohatlangan.

11:09 28.11.2025

Yangiliklar taqvimi

Кластер