Saida Mirziyoyevaga Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish boʻyicha topshiriqlar ijrosini nazorat qilish topshirildi

Qoraqalpogʻistonning imkoniyatlarini toʻliq ishga solish maqsadida hududni rivojlantirish boʻyicha berilgan topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazorat Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenov zimmasiga yuklatildi.

20:31 19.08.2024
Qoraqalpogʻistonda sanoatni rivojlantirish uchun yana 100 million dollar yoʻnaltiriladi

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston hududlari bilan boshqa viloyatlardagi tumanlar oʻrtasida kooperatsiyani yoʻlga qoʻyish boʻyicha har yili investitsiya forumi oʻtkaziladi.

20:12 19.08.2024
Jizzaxdagi bogʻchada bolalar ovqatdan zaharlandi. Ikki bola hanuz shifoxonada qolmoqda

Bolalar ombudsmani soʻrovi asosida Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida qayd etilgan bolalar zaharlanishi holati oʻrganilgan va nazoratga olingan.

19:49 19.08.2024
Qoraqalpogʻistonda bogʻcha qamrovi 28 foizdan 84 foizga oshdi

Davlat dasturlari doirasida 21 ta yangi maktab qurildi, yana 243 tasi toʻliq taʼmirlandi.

19:34 19.08.2024
Prezident Juzimbagʻda uzumchilik bilan shugʻullanayotgan yoshlar bilan uchrashdi

Davlat rahbari yoshlarning takliflari asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun sovutkichli ombor qurish, ehtiyojmand yigit-qizlarning toʻylari va shartnoma toʻlovlariga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

18:42 19.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini nishonlashga oid qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev “Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.

18:32 19.08.2024
Shavkat Mirziyoyev RShTYIM Qoraqalpogʻiston filialidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi

4 qavatli yangi binoda shoshilinch qabul-diagnostika, reanimatsiya, jarrohlik, neyrojarrohlik, travmatologiya, kardiologiya, ginekologiya, pediatriya, laboratoriya tashxisi va amaliyot bo‘limlari joylashgan.

17:59 19.08.2024

Yangiliklar taqvimi

Кластер