Siyosat

Prezident saylovi: saylov kampaniyasi boshlandi

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda yirik siyosiy jarayon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga start berildi

11:30 23 Iyul 2021
BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer oʻz missiyasini yakunladi

BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakili Xelena Freyzer 2021-yil 22-iyul kuni mamlakatimizdagi missiyasini yakunladi. 1-sentyabrdan Freyzer xonim BMTning Dasturlar va siyosat boshqarmasi rahbari, BMTning 132 mamlakatdagi agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha direktor oʻrinbosari sifatida yangi lavozimga kirishadi

09:50 23 Iyul 2021
Mirziyoyev Rahmonga taʼziya bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga uning singlisi Qurbonbibi Rahmonova vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

12:06 21 Iyul 2021
Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi hamkorligi yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Eʼtiborlisi, anjumanda davlatimiz rahbari nutq soʻzlab, bir qancha istiqbolli geosiyosiy va geoiqtisodiy tashabbuslarni ilgari surdi. Xususan, Prezidentimiz oʻz nutqida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan mamlakatlar bilan aloqalar qariyb 3 ming yillik tarixga ega ekanligi, bu ikki mintaqa oʻrtasida siyosiy,...

09:26 21 Iyul 2021
Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar keldi

Muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

20:36 20 Iyul 2021
Qishloq xoʻjaligi maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish orqali qishloq xoʻjaligi infratuzilmasini yaxshilash masalalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

19:40 19 Iyul 2021
Qodir Allohdan sinovlarni yengib oʻtishda Oʻzi madadkor boʻlishini soʻraymiz — Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga Qurbon hayiti munosabati bilan tabrik yoʻlladi

Qalblarimiz fayzu ilohiy shukuhga toʻlib turgan ushbu ulugʻ kunda yurtimizdagi barcha moʻmin-musulmonlarni, butun xalqimizni tinchlik, shukronalik, mehr-oqibat va saxovat ramzi boʻlgan muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklab, oʻzimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan gʻoyat mamnunman.

19:34 19 Iyul 2021
Xalqaro konferensiya Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari taraqqiyotiga xizmat qiladi

Maʼlumki, joriy yilning 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi tarixan yaqin va doʻstona aloqalarni, ishonch va yaxshi qoʻshnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yoʻlida mustahkamlashga xizmat qiladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va...

12:08 19 Iyul 2021
“Asr loyihasi”ni amalga oshirish yoʻlidagi dadil qadam

Ikki marta quruqlik bilan oʻralgan Oʻzbekiston jahonning iliq portlariga chiqishni, oʻz mahsulotlari raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun yangidan-yangi transport yoʻlaklarini barpo etishni tashqi siyosatdagi ustuvor vazifalardan biri deb biladi.

10:41 19 Iyul 2021
Shavkat Mirziyoyev Germaniya xalqi va rahbariyatiga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer va Federal Kansleri Angela Merkelga ushbu mamlakat gʻarbida roʻy bergan halokatli toshqinlar oqibatida koʻplab insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi

19:14 18 Iyul 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер