Siyosat

Oʻtgan toʻqqiz oyda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6,9 foizga oʻsgan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2021-yil 9 oyi yakunlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqyaptilar.

11:13 26 Noyabr 2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv avvalida YEIning yuqori darajadagi vakili davlatimiz rahbariga Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

19:27 25 Noyabr 2021
“Mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar misli koʻrilmagan darajaga koʻtarildi” — V. Matviyenko

2021-yil 25-noyabr kuni mamlakatimiz parlament delegatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan MDH Parlamentlararo assambleyasining navbatdagi yalpi majlisida ishtiroki doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T. Norboyevaning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi V. Matviyenko bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

19:27 25 Noyabr 2021
Jenevada BMTning Taraqqiyot huquqi toʻgʻrisidagi konvensiyasi loyihasi muhokama qilinmoqda

Sessiya ishida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

17:38 25 Noyabr 2021
Taʼlim inspeksiyasi va Finlyandiyaning Milliy taʼlim agentligi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Hujjatni Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev va agentlikning oʻzaro hamkorlik va xalqaro aloqalar boʻyicha direktori Samu Seytsalo imzoladi.

22:05 24 Noyabr 2021
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosarini qabul qildi

Uchrashuvda global va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf va xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

19:34 24 Noyabr 2021
Senat Raisi boshchiligidagi delegatsiya MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi

Tashrif doirasida delegatsiya MDH Parlamentlararo assambleyasi Kengashining navbatdagi majlisi va yalpi majlisda ishtirok etishi koʻzda tutilmoqda.

18:46 24 Noyabr 2021
Abdulaziz Komilov Norvegiya Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisini qabul qildi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Norvegiya Qirolligining Oʻzbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) etib tayinlangan Jon Mikal Kvistadni qabul qildi.

14:29 24 Noyabr 2021
Oʻzbekiston delegatsiyasi Inson huquqlari boʻyicha kengash ishchi guruhi sessiyasida ishtirok etmoqda

2021-yil 22-noyabr kuni Jenevada Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha kengashi Rivojlanish huquqi boʻyicha hukumatlararo ishchi guruhining 22-sessiyasi oʻz ishini boshladi.

06:52 24 Noyabr 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер