Siyosat

Yetakchi sanoat tarmoqlaridagi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-iyul kuni videoaloqa orqali neft-gaz kimyosi, elektr texnikasi va farmatsevtika sanoatidagi yangi loyihalar taqdimoti hamda ushbu tarmoqlarni rivojlantirish ishlari boʻyicha hisobotlar bilan tanishdi.

21:25 16 Iyul 2020
Oʻzbekiston uchun hujjatga aʼzo davlatlar hududida istiqomat qiluvchi vatandoshlar shaxsiy, mulkiy va nomulkiy huquqlarini himoya qilish imkonini beruvchi konvensiya kuchga kirdi

Mamlakatimizning Kishinyov konvensiyasiga qoʻshilishi huquqiy yordam koʻrsatishda tomonlarning markaziy, hududiy va boshqa organlari bilan hamkorlik qilishga imkon beradi. Bundan tashqari, konvensiya ishtirokchi-davlatlar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar va boshqa shaxslarni sud, notarial toʻlovlar va xarajatlarni toʻlashdan ozod qiladi hamda boshqa tomonlar...

19:34 16 Iyul 2020
Prezident videokonferensaloqa orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videokonferensaloqa orqali neft-gaz kimyosi sanoati, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlaridagi yangi loyihalar bilan tanishmoqda.

19:30 16 Iyul 2020
Ekopartiya deputati tashabbusi bilan tadbirkor ko'magida yolgiz keksa ayolga uy qurib berildi

Bundan uch yilcha muqaddam Buxoro shahri Qarshi darvozasi koʻchasidagi 8 uyda yashovchi keksa, yolgʻiz ayol, 2- guruh nogironi Danya Denikayevaning  koʻngliga qil ham sigʻmay qoldi.Bunga uning xonadonida yongʻin chiqib, turarjoyining aksariyat qismi, roʻzgʻor buyumlari yaroqsiz ahvolga kelgani sabab boʻldi.

19:27 16 Iyul 2020
Karantin paytida kuzatuvchi boʻlish senatorga xos emas

Shu kunlarda xalqimiz sinovli kunlarni boshdan kechirmoqda. Koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish borasida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tezkor va muhim chora-tadbirlar natijasida ijobiy oʻzgarishlarga erishilmoqda. Biroq har birimiz shunga javoban karantin qoidalariga qatʼiy amal qilmogʻimiz zarur.

19:15 16 Iyul 2020
Ixtisoslashtirilgan arxivlar tashkil etiladi

Taʼkidlanganidek, amaldagi “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tugatilgan tashkilotlar hujjatlarini davlat arxiviga topshirilishi belgilangan. Bu esa, davlat arxivlarida Milliy arxiv fondi (doimiy saqlanadigan) hujjatlarning sifatli saqlanishiga, yaʼni saqlovxonalarda joy tanqisligi muammosini yuzaga keltirish bilan bir qatorda nodavlat arxivlarni...

19:04 16 Iyul 2020
Parlamentda Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida sudyalar daxlsizligiga tajovuz qilish holatlari muhokama qilindi

Bundan tashqari, Komissiya qarori bilan Bosh prokuraturadan Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida sudyalar daxlsizligiga tajovuz qilish holatlari yuzasidan surishtiruv harakatlarini alohida nazoratga olish, Oliy suddan esa sudyalar mustaqilligi kafolatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha taklif ishlab chiqish soʻraldi.

19:02 16 Iyul 2020
Deputat yakkabogʻlik fermerlar murojaatini ijobiy hal etdi

— Murojaatni atroflicha oʻrganish jarayonida haqiqatan ham, «Egoist-ast» MCHJ tomonidan shartnoma asosida berilgan urugʻli kartoshkalar sifatsizligi maʼlum boʻldi, — deydi deputat Sh. Xolmaxamatova. — Bu boʻyicha mutasaddi rahbarlar bilan bogʻlandik. Shundan soʻng, Yakkabogʻ tumani hokimi tashabbusi bilan fermerlarga sifatli urugʻli...

18:59 16 Iyul 2020
R.Kusherbayev: “Sanʼat shu darajadaki, asl mohiyat qolib hamma “tez yordam” teatri bilan ovora”

Toʻgʻrisi holat kulgidan oʻtib, koʻngilni behuzur qilish darajasiga qadar yetib boryapti. Chunki sudyaning “tez yordam” yoʻlini toʻsish sahnasi haqiqatga ham kadrlarga ham yopishmayapti. Balki nohaqdirman. Biroq sudyaga «tez yordam»ni deb emas, balki boshqalarning yoʻlini toʻsib qoʻyayotganligi sababli tan jarohati yetkazilganini...

17:57 16 Iyul 2020
Abdulaziz Kamilov Toshkentda Vengriya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

2020-yilning 16-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Vengriya Tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

11:31 16 Iyul 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер