Siyosat

Sogʻliqni saqlash vaziriga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Prezidentimizning tegishli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan Inoyatov Amrillo Shodiyevich Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

23:17 03 Noyabr 2020
Alisher Shodmonov yangi lavozimga tayinlandi

Hukumatning tegishli qarori bilan, Shodmonov Alisher Qayumovich Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi. Shu munosabat bilan sobiq rektor Laziz Toʻychiyev mazkur lavozimdan ozod qilindi.

23:00 03 Noyabr 2020
Gidrometeorologiya xizmatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi 

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda gidrometeorologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

19:49 03 Noyabr 2020
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog” faxriy unvoni taʼsis etiladi

Mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim boʻgʻini — sanoatni rivojlantirish uchun foydali qazilma zaxiralarini aniqlash, yangi konlarni oʻzlashtirish ustuvor vazifalardan sanaladi. Shu bois, oxirgi yillarda geologiya sohasini taraqqiy ettirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Prezidentimizning tizim faoliyatiga oid qabul qilingan bir qator hujjatlari ushbu yoʻnalishdagi...

18:50 03 Noyabr 2020
Oʻzbekiston — Qozogʻiston: buyuk shoirlar ijodini oʻrganish xalqlarni yaqinlashtiradi

2020-yil 3-noyabr kuni buyuk shoir va olim Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini qozoq tilida va buyuk qozoq mutafakkiri Abay asarlarini oʻzbek tilida nashr etishga bagʻishlangan xalqaro onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya Qozogʻiston Respublikasida oʻzbek tili kunini nishonlash doirasida tashkil etildi.

18:28 03 Noyabr 2020
Qozogʻiston delegatsiyasi bilan uchrashuv

Bugun, 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumati delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.

22:21 02 Noyabr 2020
OʻzLiDeP fraksiyasi: Jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni ilm-fansiz yechim topish qiyin

Joriy yilning 2-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining videokonferensaloqa tarzidagi navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

19:36 02 Noyabr 2020
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog faxriy unvoni taʼsis etiladi

2020-yilning 2-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda dastlab deputatlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi belgilangan ustuvor vazifalar va ilgari...

17:34 02 Noyabr 2020
Oʻzbekiston yangi uyushma tashkil etildi va unga rais tayinlandi

Uyushmaning axborot xizmati maʼlum qilishicha, yangi tashkilotning asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilandi:

16:14 02 Noyabr 2020
OʻzXDP fraksiyasi: taʼlimda yangi muhitni yuzaga keltirish, avvalo, tushuntirish, targʻibotga bogʻliq

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda fraksiya aʼzolari bilan birga, vazirlik, tashkilotlardan taklif etilgan ekspertlar, mahalliy Kengashlar deputatlari, partiya markaziy va hududiy kengashlari masʼul xodimlari ham masofadan ishtirok etdi.

15:29 02 Noyabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер