Yana bir Prezident koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

14:55 24 Mart 2021 Dunyo
1659 0

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In koronavirusga qarshi AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda davlat rahbari maʼmuriyatiga asoslanib xabar berilgan.

Xabar qilinishicha, Janubiy Koreya rahbari bilan birga uning rafiqasi va Hukumatning toʻqqiz aʼzosi koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan.

Emlash jarayoni Prezident qarorgohi yaqinida joylashgan Seul markazidagi tuman poliklinikasida amalga oshirilgan.

Qayd etilishicha, Mun Chje In joriy yil 11-13-iyun kunlari Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtadigan G7 sammitiga borishga tayyorgarlik doirasida koronavirusga qarshi emlangan.

Maʼlumot oʻrnida, 18-mart kuni Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili ham koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlangandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga ham 660 ming doza SOVID-19 ga qarshi AstraZeneca vaksinasi olib kelingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер