Surxondaryoda hokimliklar axborot xizmati rahbarlariga xizmat avtomashinalari topshirildi
Yurtimizda olib borilayotgan xalqchil siyosat, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari izchil davom etmoqda. Surxondaryo viloyatida shahar va tumanlar hokimliklari axborot xizmati rahbarlari — davlat tili boʻyicha maslahatchilarga xizmat avtomashinalari topshirildi.

Mazkur tashabbus davlat organlari faoliyatining shaffofligini taʼminlash, aholiga tezkor va ishonchli axborot yetkazish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar va murojaatlar ijrosi yuzasidan xolis maʼlumot tayyorlashda moddiy-texnik imkoniyatlar muhim ahamiyat kasb etadi.

— Endi hududlardagi jarayonlarga joyida baho berish, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish va davlat organlari faoliyati haqida tezkor, aniq maʼlumot taqdim etish imkoniyatimiz yanada kengaydi, — deydi Boysun tuman hokimligi axborot xizmati rahbarlari Yunus Xoliyorov. — Yaratilayotgan sharoitlar ishimiz samaradorligini oshirib, ochiqlik va shaffoflikni amalda taʼminlashga xizmat qiladi. Eng muhimi, bu qadamlar xalq bilan yaqin muloqotni mustahkamlab, ishonch va hamjihatlikni kuchaytiradi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring