O‘zbekiston san'at ustalari Turkiyada o‘tkazilgan «Turk dunyosi» xalqaro festivalida ishtirok etishdi

12:46 08 Avgust 2023 Dunyo
707 0

O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi bayrami tantanalari arafasida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro raqs va musiqa ansambli hamda  taniqli  xonanda Xolmurod Xorinov Turkiyaning Karaman shahrida tashkil etilgan «Turk dunyosi» xalqaro festivalida ishtirok etdi.

Festivalda O‘zbekistonning boy milliy madaniy me'rosi va san'ati  keng namoyish etildi.

Buxoro raqs va musiqa ansambli hamda Xolmurod Xorinov tomonidan  ijro etilgan o‘zbek milliy qo‘shiqlari va raqslar turk tomoshabinlari tomonidan  iliq  kutib olindi  va ularning  olqishlariga  sazovor bo‘ldi.

Festival doirasida «O‘zbekiston turkiy dunyo fotograflari nigohida» nomli  fotoko‘rgazmaning tantanali ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Karaman shahar hokimi Savash Kalayji, «TÜRKSOY» bosh kotibi o‘rinbosari Sayit Yusuf va shahar Kengashi a'zolari ishtirok etdi.

«TÜRKSOY» Bosh kotibi o‘rinbosari Savash Yusuf ko‘rgazmasining ochilish marosimidagi nutqida «O‘zbekiston turkiy dunyo fotograflari nigohida» ko‘rgazmasi  mamlakatlarimiz tarixi, sayyohlik salohiyati va qadimiy  obidalari bilan bir qatorda turkiy xalqlar turmush tarzi, an'ana va urf-odatlari, hunarmandchiligi va ma'naviy qadriyatlarini keng targ‘ib etishga hissa qo‘shishini ta'kidladi.

O‘zbekiston hududlarining go‘zalligini o‘zida aks etgan suratlar  mehmonlar va san'at ixlosmandlariga katta qiziqish uyg‘otdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер