"Fujairah Open — 2022"da oʻzbekistonlik taekvondochilar umumjamoa hisobida birinchi boʻldi

21:35 08 Fevral 2022 Sport
1283 0

Foto: Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Birlashgan Arab Amirliklarida taekvondo WT boʻyicha nufuzli "Fujairah Open — 2022" xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. 

Foto: Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Germaniya, Fransiya, Vengriya, Xorvatiya, Ispaniya, Belgiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Serbiya, Gruziya, Iordaniya, Marokash va Qozogʻiston kabi mamlakatlardan kelgan 600 nafardan ziyod taekvondochilar sovrinli oʻrinlar uchun bellashgan musobaqa yakunida 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali jamgʻargan Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Foto: Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi

Turnirda Tokio Olimpiadasi chempioni Ulugʻbek Rashitov, shuningdek, Jasurbek Jaysunov, Feruza Sodiqova va Svetlana Osipova oltin medallarga egalik qildi. Charos Qayumova oʻz vazn toifasida kumush, Nikita Rafalovich va Niyoz Poʻlatov esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер