Alisher Yusupovning raqibi diskvalifikatsiya qilindi. Endi u toʻgʻridan toʻgʻri bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Alisher Yusupov “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi. Mazkur sport turidagi eng ogʻiz vazn toifasi boʻyicha qatnashayotgan Yusupov dzyudochilarimizning soʻnggisi hisoblanadi.
Maʼlum qilinishicha, Alisher Yusupov oʻtish bosqichidan erkin oʻtadigan boʻldi. Chorak finalda magʻlubiyatga uchragan gruziyalik Guram Tushishvili diskvalifikatsiya qilingani bois hamyurtimiz toʻgʻridan toʻgʻri bronza medali uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻldi.
Medal uchun bahsda Yusupovga yaponiyalik Tatsuru Saito va janubiy koreyalik Kim Min Jong oʻrtasidagi bahsda magʻlubiyatga uchragan sportchi raqiblik qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring